Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning ma'lum qilişiça, Rossiyaga tegişli Il-20 samolyotining Suriyada qulaşi «ança jiddiy oqibatlarga» olib kelişi mumkin edi. Bu haqda u AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvdan söng taşkil etilgan matbuot anjumanida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Isroilning Kan radiosi.

«Rossiya samolyotining qulaşi juda jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin edi», - deya Netanyaxuning sözlari keltiriladi.

Şu bilan birga, Isroil boş vaziri öz bayonotini aniqlaştirişdan boş tortgan.

Radiostansiya manbasining xabar berişiça, Netanyaxu va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida yaqinda bölib ötgan telefon orqali muloqotda ehtimoliy uçraşuv masalasi kötarilgan. Şunga qaramay, taxminiy sana va joy ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq Haaretz gazetasi Rossiya rasmiylari Moskvada Il-20 halokatidan keyin Isroil siyosatçilari delegatsiyasini qabul qilişdan boş tortgani haqida xabar bergandi. Şunga qaramay, Kreml bu ma'lumotlarni rad etdi. 

Eslatib ötamiz, bundan avval Isroil Rossiyaning S-300 zenit raketa komplekslari Suriyaga yetkazib berilişidan taşvişga tuşib qolgani haqida ma'lumot berilgandi.