Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi: Muammolarga yechim topilmoqda
Surxondaryo viloyatida tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirayotgan muammolarini hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Hokim va tadbirkorlar» uchrashuvi o‘tkazib kelinayotgani yaxshi samara bermoqda.

Denov tumanida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda tadbirkorlik sub'yektlari vakillarining zamonaviy savdo majmuasi, statsionar davolash markazi, hammom qurilishi, tomat pastalari, pista yog‘i, ayollar va bolalar paypoqlari, xo‘jalik sovuni va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish va boshqa istiqbolli investitsiyaviy loyihalari, eksport takliflari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Bahodir Po‘latov faoliyati davomida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlarni birma-bir tingladi. Ular tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

«Bundan avvalroq Termiz shahri, Uzun va Qumqo‘rg‘on tumanlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilgan», deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Mavzuga oid
09:00 / 28.06.2026
Korrupsiyaga qarshi yangi qonun va tanqidlar ostidagi hokimlar - hafta dayjesti
15:37 / 06.05.2026
Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
18:42 / 05.05.2026