Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda. Prezidentni Emomali Rahmon shaxsan kutib oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27 sentabr kuni Tojikistonga tashrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi prezidenti kutib oldi.
Tashrif doirasida bugun Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkaziladi.
Prezidentlar Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy sharafiga o‘rnatilgan haykal ochilishida ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.
Tursunzodada esa Tojikiston alyuminiy zavodi hamda mahalliy uzumzorlar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
22:34 / 28.05.2021