Iqtisodiyot | 09:58 / 27.09.2018
11498
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bitta erkin iqtisodiy zona tashkil etildi

Foto: Xalq so‘zi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 sentabrdagi farmoniga binoan chegaradosh mamlakatlar, xususan, Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov mazkur loyiha istiqbolini ta'minlash yuzasidan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati — “Surxon-Global Trede” MChJ vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda uch ming gektar yer maydoniga ega “Termiz” iqtisodiy zonasida mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, shu maqsadda eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelib o‘rnatish pirovardida yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, investitsiyalarni keng jalb etish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi.

Mavzuga oid