Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda fuqarolarni chet elga ishga joylashtirish bilan xususiy agentliklar ham shug‘ullanishi mumkin
Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonun ma'qullandi.
Shu paytgacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgandi. Senatda ma'qullangan qonunga ko‘ra, agentlik bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
Xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash bo‘yicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Bunda chet elda ish bilan ta'minlash bo‘yicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun ellik ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yadi. Mazkur mablag‘lar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e'lon qilingach yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026