Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya xarita sabab Google’ni sudga berishga qaror qildi
Belgiya Mudofaa vazirligi xaritada muhim strategik obektlarni xiralashtirib qo‘yishdan bosh tortgani uchun Google’ni sudga berishga qaror qildi. Bu haqda De Standaard hukumatdagi manbaga asosan yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, mahkama Google Maps xaritalarida NATOning Everda joylashgan shtabi va Belgiya harbiy-havo kuchlarining Klyayn-Brogel bazasini ko‘rish mumkinligidan norozi bo‘lgan. Bundan tashqari, neft obektlari va AESlar joylashgan yerlarni ham ko‘rish mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, vazirlik Google’ga xaritalarda ko‘rsatilgan obektlarni nisbatan xiralashtirib qo‘yish talabi bilan murojaat qilgan, ammo kompaniya buni e'tiborsiz qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Google va Facebook’ni tekshirishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
08:39 / 28.05.2026