Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning mamlakat «Şimoliy oqim-2» tufayli Rossiyaga qaram bölib qolişi borasidagi bayonotlariga javob berdi. Uning sözlari Handelsblatt tomonidan keltirilgan.
«Yangi heç narsa yöq, ular [ayblovlar] ajablanarli emas», - dedi u. «Trampning bayonotini qöllab-quvvatlovçi dalillar va faktlar haqiqiy vaziyatga taalluqli emas. Germaniya heç qanday jihatdan, ayniqsa, energetika sohasida Rossiyaga qaram emas», - dedi Maas. Uning ta'kidlaşiça, «Şimoliy oqim-2» - asosan siyosiy emas, balki iqtisodiy loyihadir.
Avvalroq, BMT Boş assambleyasida nima uçun Trampning ustidan kulişgani ma'lum bölgandi.
«Agar siyosatini darhol özgartirmasa, Germaniya Rossiya energetikasiga töla qaram bölib qoladi. Bu yerda, ğarbiy yarim şarda biz mustaqilligimizni xorijiy davlatlar ekspansionistik tajovuzlaridan saqlab qolişga harakat qilmoqdamiz», - dedi Tramp. Şundan söng germaniyalik diplomatlar darhol kulib yuborişgan.
Eslatib ötamiz, bundan avval Germaniya TIV rahbari Trampning şiorini tanqid qilgandi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» şiori jahondagi muammolarni hal qilişda heç qanday foyda bermaydi.












