Tesla kompaniyasining boş direktori Ilon Mask AQŞning qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasi tomonidan unga qarşi qöyilgan da'volarga munosabat bildirdi. Bu haqda CNBC xabar qilmoqda.

Maskning ma'lum qilişiça, firibgarlik böyiça ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning sözlariga köra, bu da'volardan juda xafa bölgan va qayğudadir.

«Men har doim haqiqat, oşkoralik va investorlar manfaatlarini közlaganman. Halollik hayotimdagi eng muhim qadriyatdir va dalillar men buni heç qanday tarzda buzmaganimni isbotlaydi», - dedi Mask.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Maskni sudga berişgandi.

Tadbirkor Endryu Left Tesla asosçisi Ilon Maskni sudga berdi. Leftning bildirişiça, konsern asosçisi Tesla aksiyalari narxi bilan manipulyatsiya qilib, birja firibgarliklarini amalga oşirgan.