Hindiston Rossiyadan S-400 “Triumf” zenit-raketa majmualarini sotib olishga tayyor. Bunday qaror hukumat yig‘ilishi natijalari bo‘yicha qabul qilingan, deb xabar berdi The Times of India nashri. Biroq, hozircha buning rasmiy tasdig‘i berilmagan.
“Triumf” tizimlari Hindistonga 5 yil ichida yetkazilishi kerak. Hindiston hammasi bo‘lib ushbu tizimdan 5 tasini 5,43 mlrd dollarga sotib oladi. Bitim tuzilgani haqida hali rasman e'lon qilinmagan.
Manbalarning muhokama qilishicha, bitim Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 4-5 oktabrdagi uchrashuvi davomida imzolanadi.
Ikki davlat AQSh tomonidan Rossiya qurolini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llayotgan bir paytda kelishuvga kelgan. AQSh Xitoyga bunday tizimlarni sotib olganlik uchun sanksiyalar qo‘llagandi.










