Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy ommaviy shartnoma tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:

sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining yuk tashish quvvati biriktirilgan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning zarur sifatini ta'minlashga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazilishini va o‘rganib chiqilishini;

xatlov natijalari bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning maxsus avtotransport vositalarining haqiqiy quvvatini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini va qayta ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bo‘shagan uchastkalar «Ye-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion vositasida tanlov savdolariga qo‘yilishini ta'minlaydilar.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ariza beruvchi quyidagi majburiy talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:

yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma mavjudligi;

tanlov hujjatlariga muvofiq hududga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun yuk tashish quvvatini ta'minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi;