Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifiga tayyorgarlik körilmoqda, u hozirda yuqori darajadagi tayyorgarlikda, deya ma'lum qildi davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Özbekistonga taşrif çindan ham tayyorgarlikning juda ilğor bosqiçida. Biz tegişli bayonot bilan çiqamiz», - deya ma'lum qildi Peskov jurnalistlarga. U şu yilning oktabr oyida prezidentning respublikaga ehtimoliy taşrifi haqidagi savolga şunday javob berdi.

Eslatib ötamiz, Mirziyoyev va Putinning oxirgi uçraşuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Tsindao şahrida taşkil etilgan Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlari yetakçilari sammitida bölib ötdi.

Özbekiston Taşqi savdo vazirligining xabar berişiça, joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toşkentda Özbekiston va Rossiya rahbarlari Şavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötadi.

Vazirlikning xabar berişiça, Rossiya prezidentining rasmiy taşrifi doirasida Rossiya-Özbekiston birinçi hududlararo hamkorlik forumi ötkaziladi.