Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birga mamlakatlar Rossiya gazini sotib oliş huquqiga ega ekanligini himoya qilgan. Bu haqda RIA Novosti A Haber telekanaliga asosan xabar bermoqda.
Turkiya rahbarining aytişiça, NATO sammitida AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirokçilarni «Rossiyani oziqlantirişda» ayblab çiqqan.
«Lekin mening sabrim yetmadi va biz Rossiyadan tabiiy gazimizning 50 foizini xarid qilişimiz, agar buni qilmasak, fuqarolarimiz qiş oylarida muzlab qolişini aytdim», - dedi Erdöğan.
Uning ta'kidlaşiça, Germaniya kansleri Angela Merkel ham Rossiya gazi yetkazib berilişining tarafdori bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya Trampning aybloviga javob qaytargandi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning mamlakat «Şimoliy oqim-2» tufayli Rossiyaga qaram bölib qolişi borasidagi bayonotlariga javob berdi.












