Jizzax sement zavodida havoga changning ko‘p chiqib ketishi bilan bog‘liq muammo bartaraf etilgani ma'lum qilindi
Jizzax sement zavodida chang va gazni ushlab qoluvchi filtr qoplari 2017 yilda to‘liq yangisiga almashtirilganiga qaramay, joriy yilda changni ushlab qoluvchi uskunada muammo yuzaga keldi. Bu haqda «Olmaliq» kon-metallurgiya kombinati saytida joylashtirilgan xabarda aytiladi.
Qayd etilishicha, ayrim kunlari belgilangan me'yorlarga nisbatan havoga changning ko‘proq chiqib ketishi kuzatilgan. Mutaxassislar tomonidan texnologik jarayondagi bu muammoni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, joriy yilning avgust oyidan boshlab «O‘zqurilish» AJ va Turkiyaning Dal Teknik Makina kompaniyalari mutaxassislari jalb qilinib, muammoga yechim izlangan.
Bildirilishicha, bir kunda 3 ming 300 tonnadan oshiq sement ishlab chiqarayotgan Jizzax sement zavodi Jizzax viloyatining mahalliy byudjyetiga har oyda 14 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ tushirib kelmoqda, o‘tgan yetti oy davomida 94 mlrd 552 million so‘m mablag‘ viloyatning mahalliy byudjyetiga tushirilgan.
Qayd etilishicha, aksari hollarda zavodga yaqin qishloqlarga shamol yo‘nalishiga qarab ohak changi yetib borganini mutaxassislarning o‘zlari ham ta'kidlashgan.
Bugungi kunda zavodda yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan xizmat surishtiruvi davom etmoqda. Xizmat surishtiruvi yakunida aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024