Jahon savdo taşkiloti (JST) boş direktori Robertu Azevedu global savdo uruşiga yöl qöymaslikka çaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Keskinlik ortmoqda, kuçayib bormoqda, bugungi kunda belgilab qöyilgan yangi tariflar milliardlab dollarlarni qamrab oladi, şuningdek, yangi çoralar tayyorlanmoqda. Oçiğini aytadigan bölsam, biz bu qaçon tugaşi mumkin ekanini körmayapmiz. Agar uşbu tendensiya davom etsa, biz barqarorlikka tahdid bilan töqnaş kelamiz. Şu tariqa, ösiş va iş örinlarini yaratişga xatarlar ham paydo böladi», - dedi Azevedu.

Uning ta'kidlaşiça, bu dunyoning barça mintaqalariga ta'sir qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jamşid Xöjayev Ostonada JST boş direktori Robert Azevedu bilan uçraşişi xabar berilgandi.