Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Xo‘jayev Ostonada JST bosh direktori Robert Azevedu bilan uchrashadi
Bugun, 28 sentabr kuni Ostona shahrida «Rivojlanish maqsadida savdo va investitsiyalarni targ‘ib etish: Yevroosiyo nigohi» mavzusidagi yuqori darajadagi forum davomida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robert Azevedu bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, forumning maqsadi – investitsiyalarga ko‘maklashish sohasida JSTning yangi qoidalari bo‘yicha muloqotni targ‘ib etish.
Muzokaralar davomida Jamshid Xo‘jayev va Robertu Azevedu O‘zbekiston Respublikasining JST bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a'zo bo‘lishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash, respublika vakillarining tashkilot tadbirlarida ishtirokini kengaytirish va kun tartibidagi boshqa masalalar bor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi jarayonining davom ettirilishi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasida davlatning savdo-iqtisodiy sohasida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
00:18 / 09.02.2026