Indoneziyadagi Sulavesi orolida yuz bergan zilzila va sunami oqibatida halok bo‘lganlarning soni 384 kishiga yetdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha milliy agentlik (BNPB) xabar bermoqda.

Mahalliy hokimiyat organlari ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha yuzlab kishi hozirgi paytda bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, shuning uchun halok bo‘lganlar soni yanada ortishi mumkin.

Palu shahri eng ko‘p talofatlarga uchradi. Sohil chizig‘i bo‘ylab juda ko‘plab jasadlar topilgan, bu yerda plyaj festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi zilzila va sunami qurbonlari soni oshayotgani xabar berilgandi.
28 sentabr kuni Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deyiladi AQSh Geologiya xizmati (USGS) saytida.
Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etildi. Reuters xabarlariga ko‘ra, Indoneziyaning Sulavesi oroliga yuz bergan zilzilalar natijasida balandligi 2 metrgacha bo‘lgan sunami yopirildi.
















