Indoneziyada sunami (okeanda suvosti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishidan hosil bo‘ladigan ulkan to‘lqin) oqibatida yuz bergan bir nechta zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 48 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbon soni yanada ortadi, deb hisoblamoqda.

Ta'kidlanishicha, qurbonlarning aniq soni hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada zilzila va sunami oqibatida 30 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

28 sentabr kuni Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deyiladi AQSh Geologiya xizmati (USGS) saytida.

Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etildi. Reuters xabarlariga ko‘ra, Indoneziyaning Sulavesi oroliga yuz bergan zilzilalar natijasida balandligi 2 metrgacha bo‘lgan sunami yopirildi.