Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindistonning C-400 bo‘yicha rejalaridan xavotirga tushib qoldi
Pokiston axborot va teleradiouzatish vaziri Favad Choudxurining ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Hindiston Rossiyadan S-400 zenit raketa komplekslari sotib olishi mumkin ekanidan xavotirdadir. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Pokistonga qarshi kuchlarini kuchaytirmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston tomoni Hindiston bilan muloqotga tayyor turibdi.
Choudxurining ta'kidlashicha, Pokiston ko‘p marta Hindistonni o‘zaro muloqotga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Pokistonga pul berishdan bosh tortgandi.
AQSh Pokistonga terrorizmga qarshi kurash uchun navbatdagi 300 million dollarni bermaydi. Pentagonning fikriga ko‘ra, mamlakat moliyaviy yordamdan samarali foydalanmayapti.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026