Toshkentda o‘quvchi «ekstrim-selfi» oqibatida vafot etdi

Illyustrativ foto
Tabiatan sho‘x Sobirjon (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) poytaxtdagi maktablardan birining 8-sinfida o‘qirdi, deb yozadi «Huquq» gazetasi.
U o‘sha kuni tengdoshlari bilan futbol o‘ynagach, uyali telefonini olib, internetga kirdi va ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarining suratlarini ko‘rib chiqdi. Ularga havasi keldi. Shu bois, do‘sti Rustamjon bilan uyga qaytayotib, selfiga tushdi. Suratni ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Ammo bu uni qoniqtirmadi. «Bu surat hech kimga qiziq emas. Boringki, 6 yoki 7 o‘rtog‘im layk bosadi» degan xayol o‘tdi Sobirjonning miyasidan. Demak, boshqacha, hech kimnikiga o‘xshamaydigan holatda «selfi»ga tushish lozim. Shu payt ko‘zi temir yo‘l bekatida to‘xtab turgan poyezdga tushdi-yu, o‘sha tomon shoshdi.
Ular temir yo‘l bekatiga yashirincha kirib, poyezdlarning yonida turli rakurslarda «selfi»ga tushishdi. Sobirjon avvaliga poyezdga osilib, suratga tushdi. «Qoyil! Zo‘r chiqdi! Do‘sti suratni ko‘rib, Sobirjonning «jasorat»ini olqishladi. Bu maqtovdan havolangan Sobirjon endi boshqacha rakursda «selfi»ga tushmoqchi bo‘ldi. Rustamjon uning fikriga qo‘shilmadi. Kech bo‘lib qolganini aytib, uyga qaytishni iltimos qildi. Ammo Sobirjon unga quloq solmadi, yon-atrofga qarab turishni tayinlab, o‘zi poyezdning ustiga chirmashib chiqa boshladi. Rustamjon esa birov ko‘rib qolmasaydi, degan hadik bilan atrofni kuzata boshladi. Shu payt qattiq ovozni eshitib, cho‘chib tushdi. Qo‘rqqanidan «Sobirjon, ketdik», deya baqirib, poyezd ustiga qaradi-yu, qotib qoldi… Poyezd ustidan yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tgan edi.
Sobirjon tanasining 75 foizi kuyganiga qaramay, shifokorlarning sa'y-harakatlari bilan 6 oy yashadi, xolos. Afsuski, poyezd ustidagi «ajoyib selfi» uning bevaqt o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb yozadi nashr.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi
Jahon | 16:43
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
-
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Jahon | 16:18
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston | 16:04
Mavzuga oid

12:18
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025