Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida oçiq sud majlisi bölib ötdi. Ğ.Kuliboyev hali öttizga ham kirmagan. Doimiy iş joyiga ega emas, tirikçilik uçun turli joylarda işlab yurgan yigit qiyinçilik bilan topgan pullarini totalizatorda öynab kelgan, deb yozmoqda ÖzA. 

U 2014 yilning oxirlaridan buyon poytaxtning Çilonzor tumanidagi “Maxsustrans” korxonasiga qaraşli yuk avtomaşinalarini yuviş şoxobçasida norasmiy ravişda işlab yurgan. Tanişi Ye.Radçenko uning mazkur öyinda qatnaşişi uçun naqd pullarini olib, uni elektronlaştirişga kömaklaşib kelgan. U işdan böş vaqtlarida internet kafelarda “Web money” sayti orqali sport musobaqalariga pul tikib totalizator öynagan. Öz topgan pullarini behudaga sovurib ham köngli xotirjam bölmagan Kuliboyev taniş-bilişlardan ham qarz olib uşbu öyinda qatnaşgan. 

2018 yilning aprel-may oylarida iş faoliyati davomida topgan 2 million 300 mingdan ortiq pulini va tanişi B.Toşpölatovdan olgan 200 AQŞ dollarini ham elektron hisobiga ötkazib, öyin öynagan va yutqazgan. 

Tanişlari pulni sörayvergaç, yigit özi istab-istamay qotilga aylandi. 

...2018 yil 7 iyun. Ğ.Kuliboyev tanişi Ye.Radçenkoga qönğiroq qilib, elektron hisobiga pul tuşiriş niyati borligini aytib, uni köçaga çiqişga köndiradi. 

U bu xonadonda hamişa naqd pullar bölişini, qayerda saqlanişini yaxşi bilgan. Şerigi uydan çiqqanini körgan yigit öz rejasini amalga oşiriş uçun uning xonadoniga kiradi. Oşxona piçoği bilan xonadon bekasi L.Radçenkoning 18 joyiga jarohat yetkazadi. Pullarni olib uydan çiqib ketadi. 

Öğirlangan pullar evaziga qarzini tölagaç, yana heç narsa bilmagandek yuraveradi. Ammo tezkor suriştiruv natijasida uning siri foş böldi. Öz aybini tan olgan fuqaroga sud hukmi öqildi. 

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi, 164-moddasi 3-qismi “v, g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 18 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. 

Endigina 28 yoşni qarşilagan Ğ.Kuliboyev 18 yilni oilasi, farzandidan olisda ötkazadi. Bir nafar voyaga yetmagan farzandi va ayoli endi kimning qöliga qaraydi? Ye.Radçenkoning xatosi, yoş yigitga sirtdan yordam bergani uçun, yoruğ olamni tark etgan ayolning aybi nima edi? 

Savollar köp. Ammo javob bitta. “Sayoq yurgan tayoq yeydi”.