O‘zbekiston noyabrda davlat obligatsiyalari chiqarishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi noyabr oyida davlat obligatsiyalarini muomalaga chiqarishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytiladi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, davlat qimmatli qog‘ozlari Moliya vazirligi tomonidan hujjatli bo‘lmagan shaklda aniq foizli daromad bilan chiqarilmoqda. Qog‘ozlar respublika tijorat banklari va yuridik shaxslar - respublika rezidentlari o‘rtasida joylashtiriladi.
Ularni joylashtirishdan olingan mablag‘ davlat byudjyet defitsiti va «mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bilan belgilangan yirik investitsiya loyihalarini» qoplash uchun yo‘naltiradi.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va chiqarilishini qoplash Moliya vazirligi nomidan O‘zbekiston Respublika fond birjasining savdo maydonchasi orqali va respublika byudjyeti hisobidan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Moliya vazirligiga davlat qimmatli qog‘ozlarining har bir chiqarilishi miqdorini, to‘lovlar davomiyligi hamda moliyaviy bozor sharoitlariga qarab ulardan foizli daromad hajmini Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilash huquqiga ega.
O‘zbekistonda 1996-2011 yillarda 50 milliard so‘mlik o‘rtacha yillik qiymatiga ega bo‘lgan 803,1 milliard so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilgan. 2012 yilda davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi to‘xtatildi. Qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tiklash pul-kredit siyosatini ishlab chiqish konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022