Sönggi yillarda xitoylik sayyohlarning Özbekistonga bölgan qiziqişining keskin ortmoqda. Toşkent şahrida bölib ötişi kutilayotgan Toşkent Xalqaro Turizm yarmarkasida (TXTYa) ilk marta Xitoy Xalq Respublikasi ham qatnaşişi buning isbotidir.

3 oktabrda "Özekspomarkaz"da start beriluvçi 2018 yilgi TXTYada Xitoy delegatsiyasining iştirok etişi uşbu körgazmaning jahon sahnidagi örni tobora oşib borayotgani va turistik sohada tizimli ravişda madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy tajriba almaşuvi uçun jiddiy maydonga aylanib borayotganidan dalolatdir. Xitoyda ham Özbekistonga bölgan qiziqişning keskin ortişi kuzatilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, E-visa tizimi yölga qöyilganidan boşlab to bugunga qadar 2400 dan ziyod Xitoy fuqarosi Özbekistonga kiriş imkonini beruvçi elektron vizani qölga kiritgan.

Bundan taşqari, yozda Xitoyning 80 million aholiga ega bölgan Yantsszu provinsiyasi delegatsiyasi Özbekistonda böldi, CCTV kanalida Özbekistonning turistik salohiyatiga doir video 150 milliondan ortiq xitoylik tomonidan körilgan.