Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov USM xoldingining Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tishi sababini aytdi
USM xoldingining Kipr yurisdiksiyasidan Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tishiga rossiyalik emitentlarga bo‘lgan yovlarcha munosabat sabab bo‘ldi. Xolding rahbari Alisher Usmonov yakshanba kuni "Rossiya 1" telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuv davomida shu haqida ma'lum qildi.
Usmonov yurisdiksiya o‘tishi sabablari haqidagi savolga javob berar ekan, birja qo‘mitalaridan tortib to baholar masalalarigacha rossiyalik emitentlarga bo‘lgan mutlaqo yovlarcha munosabatni alohida qayd etdi.
"Umrim davomida bo‘lmagan Panama kompaniyalariga oid dalillarni o‘ylab topishdi, - deydi ishbilarmon. - Bu uyushgan kampaniya ekani ko‘rinib turardi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, biznesni to‘g‘ri yuritish nuqtai nazaridan bugungi umumiy vaziyat juda og‘ir, lekin bu qandaydir vahima yoki namoyishlarga sabab bo‘lmasligi kerak.
Iyul oyi oxirida Kiprning USM Holdings Limited xolding kompaniyasiga tegishli USM guruhi asosiy aktivlarining deofshorizatsiya jarayoni tugallanishi doirasida Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
16:30 / 05.09.2025
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
22:17 / 03.09.2025