Bu haqdagi xabarni ÖFA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Kun.uz muxbiriga tasdiqlagan.

Ma'lumki, futbol böyiça Özbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yili Tokioda ötadigan yozgi olimpiya öyinlari yöllanmasini qölga kiritiş vazifasi qöyilgan.

Yaqindagina Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyligi vazifasiga «Bunyodkor» klubi boş murabbiysi Mirjalol Qosimov tayinlangani haqidagi xabarlar e'lon qilingan edi.

Foto: Xasan Pirmuhammedov

«Olimpiadaga yöllanma beruvçi U23 yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati 2020 yilning yanvarida Tailandda ötkaziladi. Qit'a çempionatiga boriş uçun saralaş turniriga esa kelgusi yilning mart oyida Toşkent şahri mezbonlik qiladi.

Biz Mirjalol Qosimovni Toşkentda ötadigan turnirgaça futbolçilarni saralab, ular bilan maşğulot ötkaziş uçun jamoaga murabbiy qilib tayinlaganmiz.

Lekin avval boşdan bu lavozimga ham çet eldan tajribali murabbiylardan birini tayinlaş uçun muzokaralar olib borayotgan edik.

Ayni paytda 3-4 nafar nomzoddan birini tanlaş borasida yagona töxtamga kelişimiz kerak. Muzokaralar biz kutganimizdan-da tezroq hal bölmoqda.  Bir oylarda Ispaniyadan olimpiya terma jamoasiga yangi boş murabbiy taklif qilinadi.

Milliy terma jamoa boş murabbiyi Ektor Kuper ham vaziyatdan xabari bor. U ham Ispaniya futbol bozorini yaqindan biladigan mutaxassis sifatida şu joyga murojaat qilişimizni ma'qullagan», — degan U.Ahmadjonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib ötamiz, Osiyo qit'asida U23 yoşlar çempionatining amaldagi çempioni Özbekiston terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2018 yil yanvarda Xitoyda bölib ötgan Osiyo çempionati finalida Vetnam terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozonişgan edi.