Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi qamoqdan 100 dan ortiq mahbus qoçdi. Bunga göyoki qamoqxona boşliğining mahbuslarga zilzilada jabrlangan qarindoş-uruğlarni izlaşga ruxsat bermagani sabab bölganligi qayd etilmoqda, deb yozadi Jakarta Post.
Riot breaks out at Donggala prison during earthquake #jakpost https://t.co/tARGMyyE4d
— The Jakarta Post (@jakpost) September 30, 2018
Manbaga köra, qamoqxona boşliği tabiiy ofatdan keyin vayron bölgan hududlarda yaşovçi qarindoş-uruğlarni qidirişga ruxsat bermaganidan keyin 342 nafar mahbus qamoqxonaga öt qöygan.

Mahalliy Kompas TV telekanali qamoqxona boşliğining sözlarini keltirişiça, buning natijasida "kamida 100 kişi qamoqdan qoçgan". Uning sözlariga köra, Markaziy Sulavesi politsiyasining 100 nafar xodimi vaziyatni tartibga soliş işlariga safarbar etilgan.
Ta'kidlanişiça, yonğin qamoqxonaning katta qismini vayron qilgan va qolgan mahbuslarni saqlaşga layoqatli emas. Voqea joyida öt öçiruvçilar brigadalari iş olib bormoqda.

Juma kuni ertalab Sulavesi oroli qirğoqlarida Palu şahri yaqinida 6,1 magnitudali yer silkinişi röy bergan. Keyinroq xuddi şu hududda yana bir 7,4 magnitudali zilzila va qator afterşoklar qayd etildi.
Şundan söng OAVda Palu ikki metr balandlikdagi sunami ostida qolgani haqida xabar berildi. Zilzila va undan keyingi sunami qurbonlari soni sönggi ma'lumotlarga köra, 832 kişini taşkil qilmoqda.












