Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH sammitida ishtirok etib ortga qaytayotganda Xakasiyada to‘xtab o‘tgan. U 29 sentabr, shanba kuni taygada hordiq chiqargan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan. 

Peskov Putin taygada aynan nima bilan mashg‘ul bo‘lganini aytmagan. Rossiya yetakchisi 29 sentabrda u yerdan Sochiga parvoz qilgan va “Formula-1” avtopoygasining Rossiyadagi bosqichini tomosha qilib, bosqich g‘olibi, britaniyalik Lyuis Hemiltonni  mukofotlagan. 

Avgustda Putin Sibirda dam olgandi.  U Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FXX direktori Aleksandr Bortnikov bilan birga Tuvaga borgan va daryo bo‘ylab qayiqda suzgan, tog‘larda sayr qilgan, rezavor mevalar tergan va yovvoyi bug‘ularni kuzatgan.