Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alişer Usmonov Rossiyada birgina oligarx qolganini aytdi. U bunday fikrni “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvçi “Deystvuyuşçiye litsa s Nailey Asker-zade” körsatuvida bildirgan.

Usmonovning fikriça, oligarxlikka mansub bölişning boş mezoni hokimiyatdan biznesning olinişi hisoblanadi, şu sababli u özini oligarxlar qatoriga kiritmaydi.

“Men “oligarx” sözini umuman yoqtirmayman. Oligarx pul tölamay barçasini olgan odamdir. Men hayotimda undaylar sirasiga kirmaganman”, deb aytgan milliarder.

Usmonov, şuningdek, Rossiyada birgina oligarx qolganini aytgan, biroq uning şaxsini oşkor qilmagan. “Fikrimça, bizda bu vagonda birgina yölovçi qolgan, vagon böm-böş, u esa bir özi unda ötirib, hanuzgaça aylanib yuribdi. Ana u oligarx”, deb aytgan Usmonov va bu odam birgina kompaniyasidan taşqari barça narsasini yöqotganini qöşimça qilgan.

Hozirda Alişer Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholanib, u eng boy rossiyaliklar röyxatida 10-örinni egallamoqda. 

2018 yilda tadbirkor AQŞ moliya vazirligining “Kreml dokladi” – Vladimir Putinga yaqin odamlar röyxatiga tuşgan. Ularga kelgusida AQŞ tomonidan sanksiyalar qöllanişi mumkin.