Joriy yilning 30 sentabr kuni futbol böyiça Pro-liganing navbatdagi turi doirasida Samarqandning «Dinamo» klubi Andijonning «Andijon» futbol klubini qabul qildi. Kimgadir natija qiziq bölsa: öyin 0:0 hisobida tugadi.
Lekin hikoya qilmoqçi bölayotganimiz öyin tafsilotlari haqida emas, öyingaça bölib ötgan «öyinlar» haqida.
Xullas, garçi öyin soat 17:00da belgilangan bölsa-da, matç rasman e'lon qilinganidan 9 daqiqa keçikib boşlandi.
Bunga sabab — içki işlar organi xodimlarining öyinga çipta xarid qilgan yuzlab muxlislarni stadionga kiritmasdan turgani böldi.

Içki işlar organi xodimlarining öyinga çipta xarid qilgan muxlislarni stadionga kiritmay turganligining sababi esa «Dinamo» futbol klubi stadionda jamoat tinçligini saqlaş uçun har öyinga 700 ming sömni IIB hisob-raqamiga ötkazib turiş majburiyatini olgani va sönggi uç öyin uçun 2 million 100 ming söm qarzdor bölib qolganidir. Buni klubda işlovçilar Kun.uz’ga ma'lum qilişdi.
Öyindan keyin viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ş.Sayfullayevdan nima bölganini söraganimizda: «Men heç narsani bilmayman, tepada ötiruvdim, körmay qoldim», deb javob berdi.
Faqatgina «Dinamo» futbol klubi xodimlarining Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «Özbekiston sportçilarini 2020 yilda Tokio şahri (Yaponiya)da bölib ötadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş töğrisida»gi PQ–2821-sonli qarori körsatilganidan sönggina muxlislarga stadionga kirişga izn berilgan.
Prezidentning PQ–2821-sonli qarorida belgilangan çora-tadbirlar içida Olimpiya sport turlari böyiça respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalarining söroviga asosan olimpiya sport turlari böyiça ötkaziladigan musobaqalarda YHXDB tomonidan sportçilarning kuzatilişini va tomoşabinlarning xavfsizligini ta'minlaş beğaraz asosda amalga oşirilişi belgilab qöyilgan va ijro uçun mas'ul etib Içki işlar vazirligi belgilangan.
Futbol, esa bilamizki, olimpiya sport turi, «Dinamo» FKda esa Özbekiston olimpiya terma jamoasiga kirişi mumkin bölgan potensial nomzodlar bor. «Dinamo» stadioni ham viloyat Içki işlar boşqarmasi tasarrufida.
















