Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga amalga oşirgan taşrifi yakunlari böyiça qöşma harbiy maşqlarni ötkaziş töğrisidagi kelişuvga erişildi.

«Tomonlar mudofaa va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni kengaytiriş va mustahkamlaş uçun yaqin hamkorlik qilişga kelişib oldilar. Şu nuqtai nazardan, har ikki tomon terrorizmga qarşi kuraş sohasida qöşma harbiy maşqlarni ötkazişga, harbiy ta'lim va harbiy tibbiyot sohalarida hamkorlik qilişga kelişib oldilar», - deyiladi Şavkat Mirziyoyev va Hindiston boş vaziri Narendra Modining qöşma bayonotida.

Bundan taşqari, mudofaa bilan boğliq özaro manfaatli faoliyatni kengaytirişga kömaklaşiş maqsadida qöşma işçi guruhi tuziladi. Özbekistonning Nyu-Dehlidagi elçixonasida mudofaa böyiça sektor ham paydo böladi.

Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga safari. Asosiy voqealar