Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentabr - 1 oktabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böldi. 

Davlat rahbari dastlab Agra şahriga taşrif buyurdi. Özbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olingan. Prezident bu yerda rafiqasi bilan birga jahonga maşhur Toj mahal obidasini borib kördi.

Şundan söng prezident Nyu-Dehlidagi “Palam” aeroportida Hindiston an'analariga xos tarzda kutib olindi. Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.

1 oktabr kuni Hindistonda prezident Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Özbekiston madhiyasi yangradi. Şavkat Mirziyoyev va rafiqasini tantanali kutib oliş marosimi Hindiston prezidentining saroyida bölib ötdi. Mirziyoyev Özbekiston va Hindiston ommaviy axborot vositalari uçun qisqa bayonot ham berdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi, u bilan özbek xalqi tarixiy aloqalarga ega ekanligini ta'kidladi. «Men mehmondöst Hindiston zaminida bölib turganimdan juda xursandman. Har bir özbekistonlikning qalbida Hindiston alohida öringa ega. Bizning xalqlarni tarixiy aloqalar, öxşaş urf-odatlar, ma'naviy va madaniy dunyoning yaqinligi boğlab turadi. Biz uçun Hindiston - ezgulik va bağrikenglik nurini taratib turuvçi buyuk sivilizatsiya. Bu dunyodagi eng katta demokratiya», - dedi Mirziyoyev.