Internet foydalanuvçilari Rokossovskiy nomidagi Uzoq Şarq oliy harbiy umumqöşin qömondonlik maktabining «bitiruvçi-qahramonlar» hurmat taxtaçasida Anatoliy Çepiganing suratini aniqlaşdi. Stenddagi fotosurat «Odnoklassniki» foydalanuvçilaridan birining «DVOKU 92 — 25 yil safda» nomli albomida e'lon qilindi. Dastlab «Dvaç» imijbordi foydalanuvçilari suratlarga e'tibor qaratişdi.
Bundan taşqari, albomning keyingi suratida Sovet Ittifoqi va Rossiya Qahramonlari nomi yozilgan stela fonida bir guruh şaxslar tasvirlangan. Rossiya Qahramonlari röyxatida A.V.Çepiga ham bor.
Avvalroq, «Novaya Gazeta» Çepiga Qrim Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirganidan söng Rossiya Qahramoni unvonini olgani haqida xabar bergandi.
Britaniya ommaviy axborot vositalarining fikriça, aynan Sergey Skripalni zaharlaşda gumonlanayotgan Ruslan Boşirovning haqiqiy familiyasi aynan Çepigadir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çepiganing sobiq qömondoni bayonot bergandi.


















