Rossiya Amur oblastidagi Armiya, aviatsiya va flotga kömak körsatiş köngillilar jamiyati (DOSAAF) mintaqaviy bölimi raisi Aleksandr Borjko Anatoliy Çepiga deb atalgan Ruslan Boşirov böyiça suriştiruv natijalariga öz munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Borjkoning aytişiça, muqaddam Uzoq Şarqdagi oliy umumqöşin maşq maktabida kursantlar bataloniga rahbarlik qilgan. Uning tan olişiça, familiyasi Çepiga bölgan kursantni yaxşi eslaydi.
«Men özim harbiyman va OAVda uning Skripallar bilan boğliq vaziyatga aloqadorligi haqida tarqalgan ma'lumot yengil şizofreniyadan darak bermoqda, deb hisoblayman», - deydi Borjko.
Uning sözlariga köra, Çepiga Çeçenistonda haqiqatdan ham jang qilgan, ammo u agentlik topşiriqlari uçun tayyorlanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml GRU polkovnigi Çepiga haqidagi suriştiruvga öz munosabatini bildirgandi.


















