Chempionlar ligasi 2-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi.
TsSKA maydoniga safar qilgan "Real Madrid" kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindagi yagona gol 2-daqiqada Vlashich tomonidan kiritildi.
"Manchester Yunayted" esa o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilib, golsiz durang qayd etdi.
"Bavariya" ham o‘z maydonida "Ayaks"ga qarshi kechgan o‘yinda ochko yo‘qotdi – 1:1. 4-daqiqada Xummels mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Mazraui 22-daqiqada gol kiritib, jamoasiga durang olib keldi.
TsSKA Rossiya – Real Madrid Ispaniya 1:0
Gol: 1:0 – 2 Vlashich.
TsSKA – Akinfeyev, Chernov, Nababkin, Fernandes, Rodrigo Bekao, Dzagoyev (Yefremov, 65), Axmetov, Oblyakov (Kyrnats, 90), Biyol, Vlashich, Chalov (Sigurdsson, 78).
Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal (Odriosola, 43), Nacho, Kroos, Kazemiro (Modrich, 58), Vaskes (Dias, 58), Sebalos, Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Biyol (66), Oblyakov (90), Akinfeyev (90).
Chetlatish: Akinfeyev (90).
Manchester Yunayted Angliya – Valensiya Ispaniya 0:0
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Valensiya, Smolling, Pogba, Matich, Fellayni, Sanches (Marsyal, 76), Reshford, Lukaku.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Pichchini, Garay, Parexo, Koklen (Soler, 78), Kondogbia, Gedesh (Cheryshev, 83), Batshuayi (Gameyro, 73), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Koklen (21), Rodrigo (32), Parexo (45), Pichchini (85), Lukaku (86), Gayya (87), Kondogbia (90).
Bavariya Germaniya – Ayaks Niderlandiya 1:1
Gollar: 1:0 – 4 Xummels, 1:1 – 22 Mazraui.
Bavariya – Noyyer, Boateng, Alaba, Kimmix, Xummels (Zyule, 90), Alkantara, Martines, Robben (Xames, 62), Riberi (Gnabri, 74), Levandovski, Myuller.
Ayaks – Onana, Blind, Veber, de Ligt, Mazraui, Ziyesh, Shene, Tadich, van de Bek (de Vit, 75), Neres (Dolberg, 85), Talyafiko.

















