Qozoğiston milliarderlar va amaldorlar Nursulton Nazarboyevning sönggi körsatmasiga muvofiq Turkiston viloyatini qurişga kirişadilar. Prezidentlik röyxatida tilga olingan köplab kişilar mamlakatdagi eng boy tadbirkorlardir, deya yozadi Nur.kz.

Röyxatda asli kelib çiqişi özbekistonlik, Belgiya fuqarosi bölgan qozoğistonlik milliarder Fattoh Şodiyev ham bor. ERG kompaniyalariga egalik qiluvçi Şodiyevga Nazarboyev turkiy xalqlar muzeyini quriş haqida topşiriq berdi.

Forbes jurnali ma'lumotiga köra, Belgiya fuqaroligiga ega qozoğistonlik tadbirkor Fattoh Şodiyev 2 mlrd dollarga ega. Belgiya milliarderlar orasida u ikkinçi örinni egallaydi.

65 yoşli Şodiyevga Yevroosiyo banki kapitalining uçdan bir qismi tegişli, biroq yozda u direktorlar kengaşidan çiqdi.

Şuningdek, «Nazarboyev röyxati»da «Bazis-A» quriliş kompaniyasi rahbari, 324 mln dollarga ega Aleksandr Beloviç, BI Group egasi Oydin Rahimboyev ($370 mln), Janubiy Koreyaning nufuzli uy-joy quriş böyiça kompaniyasi - «Xayvill Qozoğiston» boş direktori Kang Jon De, Nurlan Smagulov ($450 mln), Doniyor Abulgazin ($317 mln), «KazMunayGaz» boşqaruvi raisi Sauat Minbayev bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev Çimkentni Markaziy Osiyoning iqtisodiy markaziga aylantirmoqçi ekani xabar qilingandi.