10:30 / 03.10.2018
3805

«Yuventus»o‘z tarixidagi eng muvaffaqiyatli startni qayd etmoqda

«Yuventus» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida «Yang Boyz»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchala golga ham Paulo Dibala mualliflik qildi.

Ushbu natija turinliklarning mavsum startidan buyon erishgan ketma-ket 9-g‘alabasi bo‘ldi. «Yuventus» o‘z tarixida ilk marta mavsumni bunday g‘alabali seriya bilan boshlamoqda.

«Keksa sinora» A Seriyaning 7, Chempionlar ligasining 2 o‘yinida 3 ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa ushbu 9 ta o‘yinning har birida kamida 2 tadan gol urishning uddasidan chiqmoqda.

Hozirga qadar mavsumning eng yaxshi starti – 1930 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «Yuventus» ilk 8 ta o‘yinida g‘alaba qozongan, ammo 9-uchrashuvda «Napoli»ga yutqazib qo‘ygan – 1:2.

Top