Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi restoranlardan biridagi antiqa shift internet ahlini rom etdi
Gretsiyaning Kosta-Navarino kurortidagi restoranlardan birining antiqa shifti internet-foydalanuvchilarni o‘ziga rom etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ushbu shift videosi 2 kun ichida 270 ming martadan ko‘proq tomosha qilingan. Foydalanuvchilarning aytishicha, bu shiftdan ko‘zni uzish qiyin.
Barchasiga esa shiftning tom ma'noda harakatlanishi sababdir. Shiftdagi gorizontal tortilgan mato shamolda go‘yoki to‘lqinlar kabi mavjlanadi.
“Men buni uzzukun tomosha qila olaman”, deb izoh bergan foydalanuvchilardan biri.
Shiftni loyihagan dizaynerlarning aytishicha, ular ilhom beruvchi, erkin muhit yaratishmoqchi bo‘lishgan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
14:21 / 05.02.2026