Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Qahramon Tursunoviç Aripov lavozimni tark etdi.
Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmatidan «Kun.uz»ga tasdiqlaşlariça, endi Şerzod Xadjizadayev Toşkent şahar hokimining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari lavozimini egallagan.
Köp yillar davomida «Trastbank» rahbari bölib işlagan Şerzod Rafatoviç Xadjizadayev 2017 yilning 18 aprelida Prezidentining tegişli farmoniga asosan Markaziy bank raisining örinbosari etib tayinlangandi.
Şerzod Xadjizadayev 1973 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat universitetini, 2001 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan va bank tizimida faoliyat körsata boşlagan.
Qahramon Aripov 2007-2016 yillarda «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi bölib işlagan. U 2017 yilning oktabrida Özbekiston Respublikasi maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari lavozimiga tayinlanib, 2018 yilning mayigaça, Toşkent şahri hokimiga örinbosar bölganiga qadar, şu lavozimda işlagandi.
















