Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston benzinni O‘zbekistonga eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi
Foto: Kazinform
Qozog‘iston va Rossiya chorshanba kuni respublikaga benzin eksportini boshlashga ruxsat beruvchi bayonnomani imzoladilar, deya xabar beradi RIA Novosti.
Avvalroq, «Kazmunaygaz» milliy kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Doniyor Tiyesov Qozog‘iston kuzdan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni mo‘ljallayotgani haqida aytgandi - yil yakunlariga ko‘ra 400 ming tonnagacha eksport qilish rejalashtirilmoqda, 2019 yilda esa benzin eksporti hajmi 1-1,2 million tonnani tashkil etishi mumkin.
Keyinchalik Bozumbayev eksport qilishni boshlash uchun Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama kelishuvni o‘zgartirish zarurligini tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev mamlakat rahbariyati qo‘shni davlatlarga benzinning ortiqcha qismini jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
Uning bildirishicha, oktabr-noyabr oylarida yonilg‘i-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda Qozog‘istonda avval hech qachon bo‘lmagan to‘xtashlarni amalga oshirish talab etiladi.
«Bugungi kunda ikkita modernizatsiya qilingan zavod bizga benzin profitsitini berdi. Agarda bu 500 ming tonna bo‘lsa, mamlakat bozori mahsulotga to‘lib ketadi», - deya ma'lum qilgandi Qozog‘iston energetika vaziri.
Mavzuga oid
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
15:22 / 30.12.2025
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025