Dunyo bozorlarida dollarning gegemoniyasiga zarar yetdi, jahon yetakçilari esa uning hukmron pozitsiyasini tan olişdan boş tortişni boşladilar. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, AQŞ hozirça bozorlarda dunyo miqyosida yetakçilik qilmoqda, sababi dollar hozirça talabga ega, ammo dollarga bölgan talabni qanday saqlab qoliş borasida savol mavjud. Material muallifining aytişiça, bunday usullar orasida diplomatik aloqalarni saqlab qoliş, AQŞ savdo hamkorlari uçun dollar qulayligini saqlaş va valyutadan boşqa davlatlar uçun «tayoq» sifatida foydalanişdan boş tortiş bor.

Şu bilan birga, agentlikning ta'kidlaşiça, dunyoda dollardan asta-sekin voz keçiş boşlangan. Xususan, Rossiya AQŞ valyutasidagi öz aktivlarini kamaytirmoqda, Xitoy esa energetika bozorida yuanlarda şartnomalar tuzişga kirişdi. Fransiya moliya vaziri Bruno Le Mer YeIni AQŞga qaram sifatida körişni xohlamasligi, Qöşma Ştatlardan «töliq mustaqil» moliyaviy vositalarga ega bölişni istaşi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ iqtisodiyoti 2020 yilda turğunlikka tuşişi mumkin ekani xabar qilingandi.