Pentagon gipertovushli qurolni kutilganidan ancha oldin sinovdan o‘tkazishga va'da berdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Patrik Shanaxan ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Shanaxanning ta'kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari bunday turdagi qurolni ishlab chiqish bilan faol shug‘ullanmoqda.
«Biz odamlar kutganidan ancha oldin parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz», - deya qayd etib o‘tdi Pentagon rahbarining o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mahkama zarur mablag‘ miqdorini hisoblab chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiberqurol haqida ma'lumot bergandi.











