AQŞning bir qator kompaniyalari, jumladan Apple va Amazon serverlarida Xitoyning ayğoqçi mikroçiplari aniqlandi. Umumiy hisobda bu çiplar AQŞning deyarli 30 korxonasi serverlarida aniqlangan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, çiplar yordamida hujum AQŞning Super Micro Computer Inc. (Supermicro) kompaniyasi orqali amalga oşirilgan.
Xitoylik işlab çiqaruvçilarni AQŞga yetkazib beriluvçi serverlarga mikroçiplarni örnatişni Xitoy qurolli kuçlari bölinmalaridan biri majburlagan.
Bu çiplar ölçami böyiça guruç donidek keladi. Çiplar serverlar ustidan nazoratni qölga olib, ma'lumotlarni filtrlagan va “troyan” dasturiy kodini kiritgan.
Hujum sodir etilgani Apple va Amazon’da içki tergov ötkazilgandan keyin aniqlangan. Biroq qanday ma'lumotlar sizib çiqqani ma'lum qilinmagan.
Apple va Amazon’da Bloomberg ma'lumotlari rad etilmoqda.
Insayderlardan birining aytişiça, hujumdan asosiy maqsad AQŞ mudofaa vazirligining ma'lumotlarni qayta işlaş serverlari, harbiy-dengiz kuçlari harbiy kemalari bort tarmoqlari va Markaziy razvedka boşqarmasi uçuvçisiz qurilmalari operatorlari bölgan.

















