3-5 oktabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötayotgan "Ipak yölida turizm" xalqaro körgazmasida ikki omilga katta e'tibor qaratilgan - infratuzilmani yölga qöyiş va xizmatlarni taqdim etiş. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Marketing tadqiqotlari boşqaruvi va milliy turistik mahsulot tarğiboti bölimi rahbari Behruz Hamzayev bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Toşkent Xalqaro Turizm yarmarkasi aslida an'anaga aylangan, lekin bu yilgi "Ipak yölida turizm" körgazmamiz ötgan yildagilardan farqli. Birinçisi - bu körgazmaning yigirmançi marta ötkazilişi, ya'ni yubiley sana. Ikkinçisi, şu yilning boşida Prezidentimiz taşabbusi bilan turizmni davlat taraqqiyotining lokomativiga aylantiriş maqsadida bu yönalişda köplab islohotlar amalga oşirilmoqda. 

BMTning butunjahon turizmni rivojlantiriş taşkilotining Yevropa mintaqaviy direktori örinbosari Kristofer Ibsen aytganidek, bugungi kunda turizm jahon YaIMdagi uluşi böyiça uçinçi örinda, hatto avtomobil işlab çiqarişdan oldingi örinlarda turadi. Bu nimadan dalolat beradi? 

Işlab çiqarişga xomaşyo yetkazib beriş kerak. Masalan, kiyim-keçak işlab çiqariş uçun paxta yetkazib beriş zarur, maşina işlab çiqariş uçun - temir. Turizm esa şunday sohaki, unda servis asosiy omildir. Unda xomaşyo yöq. Bizning xomaşyomiz ota-bobolarimizdan meros bölib qolgan tarixiy yodgorliklarimiz, qadimiy şaharlarimizdir. Eng asosiysi - xizmatlarni töğri taqdim etiş va infratuzilmani yölga qöyiş. Şu bois bu yilgi körgazmada şu ikki omilga alohida e'tibor qaratilgan", - deydi Behruz Hamzayev. 

Milliy pavilon

Uning sözlariga köra, bu yilgi körgazmaga xorijliklarning ham qiziqişi katta. Şu bois "Ipak yölida turizm" körgazmasi biryöla ikki panel - Milliy pavilon va Xalqaro pavilonda ötkazilmoqda. Milliy pavilonda Özbekistonning barça hududlari özining turistik salohiyatini namoyiş etmoqda. Xalqaro pavilonda esa xorijlik mehmonlar bilan içki va taşqi turizmni rivojlantirişga doir masalalar muhokamasi bölib ötmoqda.