00:44 / 05.10.2018
16661

Och kalamushlar 8 mingta noyob kitob bilan “tanovul qildi”

Foto: Thomas Kienzle / AP

Shtutgart universiteti kutubxonasida kalamushlarning tarqalishi 8 mingta noyob kitobga ziyon yetishiga olib keldi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Kutubxona vakillarining aytishicha, joriy yil boshidan kemiruvchilar minglab, jumladan o‘tgan asrda chop etilgan kitoblarni kemirib tashlagan.

Kutubxona xodimlari binoda bunday ko‘p kalamush qo‘shni bog‘ sababli paydo bo‘lgan, deb hisoblashmoqda. Ta'kidlanishicha, bog‘ga tashrif buyuruvchilar uni chiqindixonaga aylantirishgan.  

Universitet kalamushlardan qutulish uchun kutubxonada katta ko‘lamli tozalash ishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.  

 

Top