Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ham to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktabrdagi 11-sonli bayoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddatini joriy yilning 15 noyabriga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018 yilning 31 oktabriga qadar uzaytirilgandi.
Ma'lumot uchun, mahalliy oliygohda belgilangan to‘lov-kontrakti bir yil uchun o‘rtacha 8,2 million so‘mdan boshlab 12 million atrofida to‘xtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
19:47 / 26.02.2021
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi - prezident
10:14 / 26.02.2021
OTMda ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berilishi mo‘ljallanmoqda
16:24 / 06.02.2021