Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda bölganda bedarak yöqolmagan, balki Pekinda hibsga olingan va tergov ostiga tuşgan. Bu haqda South China Morning Post naşri ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, Xunvey ötgan hafta Xitoyda qönişi bilan intizom idoralari tomonidan söroq qilingani olib ketilgan.

“Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri örinbosari lavozimini ham egallovçi Men Xunvey huquq-tartibot idoralari tomonidan söroq qilingani hibsga olingan”, deb aytilgan xabarda.

Xunvey qanday tergov bilan boğlangani va uning qayerdaligi ma'lum qilinmagan.

Bundan avvalroq fransuz huquq-tartibot idoralari Interpol prezidenti yöqolib kolganini tergov qila boşlaşgan. Ma'lum qilinişiça, Xunveydan Fransiyadan Xitoyga ketgan 29 sentabrdan beri heç qanday ma'lumot bölmagan.

Interpol rahbarini qidiriş işlari uning rafiqasi turmuş örtoği yöqolib qolganini ma'lum qilgandan keyin boşlangan. 

64 yoşli Xunvey Interpolga 2016 yil noyabrdan rahbarlik qilib keladi va bu lavozimda Mirey Balestrazi örnini egallagan. Bungaça Xunvey Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri örinbosari bölgan.