Ğijduvonlik Ş. Sunnatova (ism-familiyalar özgartirildi) özining olti yaşar qizini 2 million 100 ming sömga sotayotgan paytda jinoyat ustida qölga olindi.
— Ğijduvon tuman xalq ta'limi bölimidan menga qönğiroq qilişdi, — deydi suddagi körsatmasida jabrlanuvçi J. Boymirzayev. — Qizim A. Yorqulova bolalar uyiga topşirilgani, xohlasam özimning qaramoğimga olişim mumkinligini aytişdi. Şundan söng men tezda harakatga tuşdim, qizimni uyga olib keldim. Eşitdimki, sobiq xotinim qizim Azizani 2 million 100 ming sömga sotayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olingan ekan...
Jasur bilan Şohidaning nikoh töyi 2010 yilda bölib ötadi, 2011 yilda esa, ular oilasida qizlari Aziza dunyoga keldi. Özaro kelişmovçiliklar sababli 2014 yilda Jasur bilan Şohida qonuniy tartibda ajraşişdi. Fuqarolik işlari böyiça Ğijduvon tumanlararo sudining qaroriga asosan J. Boymirzayev voyaga yetmagan farzandi Aziza uçun aliment puli tölay boşladi.
Şohida turmuşi buzilgaç, qizi bilan ota-onasinikida yaşay boşlaydi. Ammo uning qadam olişi uydagilarga ma'qul tuşmagaç, yana kelişmovçilik kelib çiqadi. Oqibatda Şohida ota-onasining uyidan ham çiqib ketadi. Şundan söng u qizi bilan Ğijduvon tumanining turli manzillarida yaşab yuradi. Qizini enagaga topşirib, özi oşxonalarning birida işlay boşlaydi. Şu orada xorijga çiqib, işlab keliş haqida öylay boşlaydi, ammo qizi Aziza qöl-oyoğini ipsiz boğlab turgani ayolga yoqmaydi.
Ana şunday kunlarning birida farzand körolmay, tirnoqqa zor bölib yurgan Tolib Suyunovni uçratib qoladi. T. Suyunov Azizani körib, uni boqib olişga rozilik bildiradi va bola uçun qança pul berişi kerakligini söraydi. Bunga javoban Şohida xorijga işlaşga borişi uçun yölkiraga 250 AQŞ dollari bersa, kifoya ekanini aytadi. U qizini Navoiy şahridagi Farhod madaniyat saroyining orqa tomonidagi boqqa olib kelib, unga topşirişini bildiradi.
Öşa kuni Şohidaga Ş. Arziyev degan tanişi hamroh böldi. Ularni Tolib Suyunovning tanişi Nozima Nazarova kutib oladi. Şundan söng Şohida bilan Nozima bir-birlariga Aziza Yorqulovani olganlik va topşirganlik haqida tilxat yozib berişdi. Şuningdek, Şohida N. Nazarovadan bolasi evaziga puli sifatida 2 million 100 ming söm olgani haqida ham tilxat yozib berdi. Şuningdek, u yana 250 AQŞ dollari berişga rozilik bildiradi. Işlar pişgandek edi göyo... Ammo voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari yetib kelişdi. Şu tariqa Ş. Sunnatova öziga moddiy, oilaviy jihatdan qaram va ojiz ahvolda bölgan voyaga yetmagan farzandini sotayotgan vaqtda xolislar iştirokida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Sud sudlanuvçilarni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va Ş. Sunnatovani olti yil, Ş. Arziyevni esa, beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş töğrisida hukm çiqardi.












