Özbekiston-Rossiya media-forumining “Zamonaviy OAVda multimedia” mavzusiga bağişlangan şö'ba yiğilişida çiqiş qilgan Rossiyaning “SPB TV” kompaniyasi boş direktori Kirill Filippov Özbekiston telekommunikatsiya bozorida mavjud muammolarning yeçimiga töxtaldi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda internet tezligi va sifatini oşirib, şuningdek, media mahsulotlarning “qaroqçilik“ yöllari bilan tarqatiliş holatlarini bartaraf etiş orqali mahalliy telekommunikatsiya bozorini rivojlantiriş mumkin.
“Bizning kompaniya telekommunikatsiya sohasida Hamdöstlik mamlakatlari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Biz Özbekistonga yangi loyihalar va xizmatlarimizni taklif etmoqdamiz”, dedi Kirill Filippov ÖzA muxbiriga bergan intervyusida.

















