Amerika Qöşma Ştatlari savdo vaziri Uilbur Ross (Wilbur Ross) Özbekistonga kelmoqda. Bu haqdagi ma'lumot Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy saytida berilgan.
TIV saytidagi xabarga köra, 2018 yilning 4 oktabr kuni Vaşingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (CACI) tomonidan çop etilgan «Özbekistonning yangi yuzi» kitobining taqdimoti bölib ötgan.
Kitob işbilarmon doiralar va investorlar, birinçi galda Ğarb davlatlari vakillari uçun muhim manba bölib xizmat qiladi hamda Özbekistonning iqtisodiy salohiyati va rivojlanayotgan investitsion muhitini töla oçib beradi. Şu nuqtayi nazardan AQŞ savdo vaziri Uilbur Rossning joriy yil oktabr oyida Özbekistonga bölajak birinçi taşrifi ijobiy baholandi, deyiladi xabarda.
Qayd etib ötiş joizki, 2018 yilning dastlabki 8 oyi mobaynida AQŞ va Özbekiston örtasidagi özaro mahsulot aylanmasi 300 million dollardan oşgan. Holbuki, butun 2017 yilda bu körsatkiç 210,2 million dollarni taşkil etgan.

















