Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashinada terilgan paxta xom ashyosi ham birinchi navga qabul qilinadimi?
Kun.uz ixtiyoriga 2018 yil 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazirning o‘rinbosari Nodir Otajonov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi kelib tushdi.
2018 yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tgan yig‘ilishda joriy yil paxta yig‘im-terim mavsumini qisqa muddatlarda yakunlash, paxta terish mashinalaridan unumli foydalanishni tashkil etish, paxta hosilini mashina yordamida terib olishni yanada mexanizatsiyalashtirish maqsadida yig‘ilish qarori qabul qilingan.
Jumladan, Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyat hokimlari, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ, «O‘zpaxtasanoat» AJning xorijiy davlatlar tajribasiga asosan paxta terish mashinalari bilan paxta xom ashyosini qisqa muddatda terib olishni tizimli tashkil etish hamda fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida joriy yilda mashinalarda terilgan paxta xom ashyosini istisno tariqasida 1-nav 2-sinfga qabul qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 5 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida paxta terim kampaniyasida 1 kg «oq oltin» uchun to‘lanadigan haq miqdorini, jumladan, paxta xom ashyosi mashinada terilganda, bir tonna uchun 400 ming so‘m to‘lanishini ma'lum qilgan edi.
Ma'lumki, paxta terish mashinalari paxtani qo‘lda terilganidan ko‘ra sifatsizroq teradi. Unga chanoq, ko‘sak, g‘o‘zapoya bo‘laklari, g‘o‘za bargi aralashadi. Shuning uchun azaldan paxta terish mashinalarida terilgan paxtalar pastroq navlarga qabul qilib kelingan.
Paxtani mashinada asosan aholi punktlaridan uzoqroq hududlarda, cho‘l va dasht zonasida terish an'ana bo‘lib kelgan.
Balki, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini yaxshilash bosh maqsad qilingandir, ammo bunday hududlarda mashinada terilgan paxta yuqori navga qabul qilinsa, davlat uchun nechog‘lik samarali bo‘ladi?
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026