Sport | 15:40 / 07.10.2018
35233
1 daqiqa o‘qiladi

UFC Nurmagomedov va Makgregor jangi uchun chiptalar sotuvidan katta foyda ko‘rdi

© AP Photo/John Locher

UFC tashkiloti 7 oktabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan turnir uchun chiptalar sotuvidan 17 million dollar foyda ko‘rdi. Bu haqda tashkilot rahbari Deyn Uayt ma'lum qildi.

Bu oqshomning asosiy jangi UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘rtasida kechdi.

Kechaning asosiy jangida rossiyalik sportchining qo‘li baland keldi. U to‘rtinchi raundda raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan taslim etdi.

«T-Mobile Arena»da kechgan jangni kuzatish uchun 20 mingdan oshiq ishqiboz tashrif buyurgan.

Nurmagomedov o‘z kamarini 2018 yilning aprelida qo‘lga kiritgan, u ilk marta bu kamarni himoya qilmoqda. U jami 27 marta oktagonga chiqqan va barcha jangida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid